Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda agrofirmaga tegishli yerni 100 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi
Ular agrofirmalardan biriga qarashli, Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining balansida bo‘lgan yerni sotmoqchi bo‘lib, kelishilgan puldan 80 ming dollarni olayotganda ushlangan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, Urgut tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan U.N. viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilib, 3 gektar yerni 100 ming dollarga sotishini aytib, 80 ming dollar talab qilib kelayotgan shaxslarga chora ko‘rishni so‘ragan.
Uning arizasiga ko‘ra, Urgut tumani Qoratepa mahallasida yashovchi G‘.I. va U.S. Urgut tuman «Qoratepa» MFYda joylashgan 3 gektar yerni 100 ming dollarga sotishini aytib, kelgusida tuman hokimligida bo‘lgan tanishlari orqali U.N.ning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilishgan. So‘ng oldindan 80 ming dollar berishini talab qilishgan.
2022 yil 23 fevral kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX Samarqand viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida G‘.I. va U.S. ariza muallifidan 80 dollar olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida noqonuniy sotilgan yer maydoni Urgut tumanidagi agrofirmalardan birining 60-konturi hududi hisoblanib, ushbu yer maydoni tuman hokimining 2020 yildagi qaroriga asosan Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasining balansida ekanligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Urgut tumanida 65 ming dollarga yer sotayotgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlangandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

13:09 / 09.07.2025
Samarqandda 3 milliard so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlandi

14:59 / 24.06.2025
Samarqandda Zarafshon daryosi qirg‘og‘ida qolib ketgan fuqarolar qutqarildi

10:21 / 21.06.2025
Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini sotayotganlar ushlandi

17:15 / 10.06.2025