O‘zbekiston | 07:40 / 12.03.2022
1860
1 daqiqa o‘qiladi

Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi har ikki tomondan transport uchun yopildi

Toshkent shahridagi Ahmad Donish ko‘chasida yerusti piyodalar o‘tish ko‘prigi qurilishi boshlangan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, shu sababli 11 martdan ko‘chaning bir qismida qurilish va ta’mirlash ishlari olib boriladi. 

Rejaga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasining Gulg‘uncha (Ashurova) ko‘chasi bilan kesishmasidan boshlab, qatnov qismining bir tarafi har ikki tomondan transport uchun yopiladi. 

Ishlar 15 martgacha davom etadi, deyiladi ma’lumotda.

Bundan oldin Abdulla Qodiriy ko‘chasidagi tunnelda harakatlanish bir oyga qisman cheklangandi.

Mavzuga oid