Bo‘zatovdagi o‘qituvchilarining bilimi 50 foizdan past natijani ko‘rsatdi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Bo‘zatov tumani maktab o‘qituvchilarining bilimlari diagnostikadan o‘tkazilgan. Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, natijalar 50 foizdan past ko‘rsatkichni qayd etgan.
10 mart kuni Xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruh Bo‘zatov tumanida o‘z faoliyatini davom ettirdi.

Xabar berilishicha, “Mobil metodik guruhlar” faoliyatini rejalashtirish doirasida tumandagi 1-, 4-umumta’lim maktablari o‘qituvchilaridan o‘zlarining fan yo‘nalishlari bo‘yicha diagnostik testlar olingan.
Dastlabki test natijalariga ko‘ra, 1-sonli maktab o‘qituvchilari o‘rtacha 49,6 foiz, 4-sonli maktab o‘qituvchilari o‘rtacha 47,7 foiz natija ko‘rsatgan.

Endilikda mazkur maktablardagi o‘qituvchilarning bilimini diagnostikadan o‘tkazish hamda aniqlangan bo‘shliqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlarni tashkil etiladi.
Jumladan, 14 martdan boshlab Beruniy tumanidagi 40-, 43-maktablarda Qoraqalpoq davlat universiteti, Bo‘zatov tumanidagi 1-, 4-maktablarda esa Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti huzuridagi “Mobil metodik guruhlar” tomonidan o‘quv mashg‘ulotlari boshlanadi.
Mavzuga oid

18:11 / 02.03.2025
O‘zbekistonda maktablarda bir nafar o‘qituvchiga qancha o‘quvchi to‘g‘ri kelayotgani ma’lum qilindi

12:37 / 26.02.2025
O‘qituvchiga ko‘tarilgan qo‘llar: maktabda ustozlar o‘zini xavfsiz his qiladimi?

10:55 / 22.02.2025
Chet tili o‘qituvchilari uchun 50 million so‘mlik subsidiya ajratiladi

16:27 / 19.09.2023