Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi dehqonlar ko‘chatchilik ortidan yuz milliondan ortiq daromad olmoqda
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Guliston mahalla aholisi mevali ko‘chatlar yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ular tayyorlagan ko‘chatlar qo‘shni davlatlarga ham eksport qilinmoqda.

Ushbu mahallada 743 ta xonadonning deyarli barchasi ko‘chat yetishtirish ishlari bilan shug‘ullanib keladi. Xonadonida yer maydoni kichik bo‘lganlar boshqa hududlarga borib, ijaraga olingan yerlarda dehqonchilik bilan shug‘ullanishmoqda.
Xorijiy navlarni mahalliylashtirish va mahalliy navlarni yanada ommalashtirish maqsadida ko‘chatlar payvand qilinadi. Payvand qilingan ko‘chatlar qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.
“To‘rt aka-ukamiz. Hammamiz bir gektardan yer olganmiz. Bir gektar yerda tayyorlangan ko‘chatlar sotilib bo‘lguncha boshqa bir gektar tayyor holatga olib kelinadi. 350 mingga yaqin mevali ko‘chatlar yetishtiramiz yiliga”, - deydi Shuhratbek Yo‘ldoshev.
Dehqonning ta’kidlashicha, mazkur mevali ko‘chatlardan bir mavsum davomida 100-150 million so‘m daromad qilish mumkin.
Mahalla ahli o‘z ko‘chatlarini buyurtmaga qarab joylariga borib bog‘ barpo qilib berishlari ham mumkin. Mevali ko‘chatlar esa turiga qarab narxlanadi. Meva berishi ham bir yildan sakkiz yilgacha bo‘lishi mumkin. Olmaning bir nechta navlari ekilgandan bir yil o‘tib, meva berishni boshlaydi.
“Mahallada bekor yurgan odamning o‘zi yo‘q. Hamma ko‘chat yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Dehqonlarga suv yetkazib berishni ham yo‘lga qo‘yganmiz. Unumdor yerlarni aniqlashga ham yordam beramiz”, - deydi tuman ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Azamatjon Ahmedov.
Abduvali Qurbonov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi: Azizbek Ismoilov
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

09:46 / 08.08.2025
Andijonda 4,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi

21:20 / 06.08.2025
Andijonda mahbuslarni vaqtincha saqlash hibsxonasi rahbari ishdan bo‘shatildi

20:17 / 05.08.2025
Andijonda mast erkak 14 yoshli bolani kaltakladi

14:30 / 04.08.2025