Navoiyda ikki mastning janjali ulardan birining o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat 15:24 / 23.02.2022 2044

IIV huzuridagi Tergov departamentining xabar berishicha, voqea 20 fevral kuni soat 23:00 larda Navoiy shahrida sodir bo‘lgan. Shaharning “Yagodnaya” ko‘chasida yashovchi, 57 yoshli S.D. o‘z uyida tanishi, 42 yoshli S.M. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Keyin ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va tanishlar bir-biriga tan jarohati yetkazishgan. Oqibatda fuqaro S.M. hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish maqsadida odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: