Surxondaryoda O‘zbekistonga olib kirilayotgan 5,5 kilogramm opiy to‘xtatib qolindi
Uzun tumanida yashovchi shaxs chegarani buzib Tojikistondan 5 kilogramm 593 gramm opiyni O‘zbekistonga olib o‘tayotganida ushlangan.

Videodan kadr
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining xabar berishicha, DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, chegara qo‘shinlari hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda Uzun tumanida yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan shaxs davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Tojikistondan 5 kilogramm 593 gramm opiy giyohvandlik moddasini mamlakatimizga olib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Uzun tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan jinoiy sherigi hamda opiyning buyurtmachisi hisoblangan Denov tumanida yashovchi 1985 va 1990 yilda tug‘ilgan aka-ukalar ushlangan.
Mavzuga oid

13:30 / 28.02.2025
Uzun tuman IIBda fuqaro vafot etishi bilan bog‘liq holatni prokuratura va Ombudsman o‘rganmoqda

14:50 / 27.02.2025
IIBdan yana o‘lik chiqdi: Uzundagi qotillik ishi doirasida so‘roqqa olib ketilgan fermer vafot etdi

17:44 / 26.02.2025
3 kishi o‘ldirilib, uy yoqib ketilgan: Uzundagi dahshatli qotillik hamon fosh etilmadi

15:29 / 18.02.2025