Qashqadaryoda tashkil etilayotgan yangi tumanga markaz tanlandi

O‘zbekiston 15:37 / 18.02.2022 1587

Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, viloyatda yangi tashkil etilayotgan tumanning markazi qayerda bo‘lishi belgilangan.

Xabarda yozilishicha, Chiroqchi tumanining «Oltin dala» va «Xo‘jaobod» mahalla fuqarolar yig‘inlaridan iborat bo‘lgan 6 348 gektar yer maydonida Yettitom shaharchasi barpo etiladi. Bu shaharcha kelgusida Chiroqchi tumanining yarmida yangidan tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumanining ma’muriy markazi etib belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil oktyabr oyida prezident Qashqadaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda Chiroqchi tumanining aholisi ko‘pligi va hududining kattaligini inobatga olib, tumanni ikkiga bo‘lish va uning bir qismida Ko‘kdala tumanini tashkil etish taklifini bildirgandi.

«Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.

Shuningdek, tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida, odamlarning markazga kelishi uchun bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming so‘mgacha xarajat qilishga majbur.

Shu bilan birga, o‘z paytida tuman Chiroqchi va Ko‘kdala hududlariga bo‘lingan edi. Shu bois, ko‘plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar?» degan edi prezident.

Ko‘proq yangiliklar: