Nurafshon shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images
Nurafshon shahri «Oybek» MFYni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi gaz quvuriga o‘rnatilgan elektron gaz hisoblagichni ulanish nuqtasiga ko‘chirish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan, 2022 yil 18 fevral soat 09:00 dan 17:00 gacha Nurafshon shahri «Oybek» MFYdagi 526 ta aholi xonadonida va 7 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
Avvalroq, Qibrayda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Undan oldin esa Zangiota va Yuqori Chirchiqda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid

16:13 / 14.03.2025
Tadbirkorlarga elektr va gaz uchun to‘lovlarni onlayn to‘lashga ruxsat berildi

12:30 / 06.03.2025
Qariyb 200 mln so‘mlik gazni talon-toroj qilgan kafe egasi ushlandi

12:22 / 06.03.2025
376 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

10:39 / 06.03.2025