Muborak tumani hokimiga hayfsan berildi

Foto: Kun.uz
Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 14 fevral kuni viloyat hokimi rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgan.
Yig‘ilishda faoliyatidagi kamchiliklar, tadbirkorlar va fuqarolar murojaatlariga e’tiborsiz qaragani uchun Muborak tumani hokimi Akrom Aripovga hayfsan berilgan.
Akram Aripov Qashqadaryo viloyati hokimligi va Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan davrida bir necha marta internetda muhokamalar markaziga chiqqan mavzular ishtirokchisi bo‘lgan (dalaga kirib ketgan qo‘ylar so‘yilishi voqeasi, «Sultonteks» klasteri bilan sudlashuv va Qashqadaryocha nepotizm), 2021 yil yozida Muborak tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Avvalroq Mirishkor tumani hokimining o‘rinbosari U.Yaxshiyev 1000 gektar yer maydonini olib berishni va’da qilib, 50 ming dollar olganda ushlangandi. Keyin unga sheriklikda ayblanib, Muborak tumani IIB boshlig‘i ham qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

19:08 / 16.12.2024
Samarqandda o‘quvchiga qo‘l ko‘targan direktor o‘rinbosariga hayfsan berildi

20:18 / 30.11.2024
Energetika sohasidagi sustkashlik uchun 14 nafar hokimga hayfsan berildi

17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi

22:09 / 23.11.2023