Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rahmat Mamatov Samarqand viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi
Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Foto: Samarqand viloyati hokimligi
Samarqand viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, Shavkat Rahmonov boshqa ishga o‘tganligi bois viloyat IIB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Rahmat Mamatov 1967 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy, huquqshunos, polkovnik harbiy unvoniga ega. U Qarshi davlat pedagogika instituti hamda IIV akademiyasini tamomlagan.
R.Mamatov Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, Respublika mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Rahmat Mamatov 2020 yil fevralidan buyon Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimida ishlagan.

2017 yildan 2019 yilga qadar Xorazm viloyati IIB rahbari bo‘lgan Shavkat Rahmonov 2019 yilning iyunida Samarqand viloyatiga «bosh militsioner» bo‘lgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
- 11 fevral kuni prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Namangan viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Odil Otaxo‘jayev lavozimidan ozod etilgandi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyevga qat’iy ogohlantirish berilgan, Andijon va Samarqand viloyatlari YHXB boshliqlari ishdan olingan.
- Bundan oldinroq, polkovnik Muhiddin Jo‘rayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. 2019 yil yozidan buyon Farg‘ona viloyati IIBga boshliq bo‘lgan Doniyor Toshxo‘jayev qaysi ishga o‘tkazilgani haqida ma’lumot yo‘q.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
-
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025