Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Belarus «Ittifoqchilik qat’iyati» qo‘shma mashg‘ulotlarini boshladi (video)

Foto: Gavriil Grigorov/TASS
10 fevral kuni Belarusda Rossiya va Belarus harbiylarining «Ittifoqchilik qat’iyati-2022» nomi ostidagi qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda RF mudofaa vazirligi rasman ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Belarusdagi umumqo‘shin poligonlarida o‘tkazilayotgan manyovrlarda qurolli kuchlar mashg‘ulotlari «mudofaa operatsiyasi jarayonida tashqi tajovuzni bostirish va qaytarish, shuningdek, terrorizmga qarshi kurashish va ittifoq davlatlari manfaatlarini himoya qilish» vazifalarini sifatli uddalash maqsadida tashkil etilgan.
RF mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarga qisqa vaqt ichida 10 ming kilometr masofada qayta to‘plangan Sharqiy harbiy okrugning boshqaruv organlari, bo‘linmalar va harbiy qismlar hamda Belarus qurolli kuchlari jalb etilganini ma’lum qilgan.
«Domanovskiy», «Gojskiy», «Obuz-Lesnovskiy», «Bresskiy» va «Osipovichskiy» poligonlarida, shuningdek Belarusdagi alohida uchastkalarda shartli jangari guruhlarning bostirib kirishini to‘xtatish, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib beriladigan kanallarni to‘sish, noqonuniy qurolli tuzilmalar, dushmanning diversion-razvedka guruhlarini qidirish, to‘sqinlik qilish va yakson qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Mashg‘ulotlar vaqtida aviatsiya uchun Baranovich, Lunines, Lid ava Machulishi aerodomlaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar 20 fevralga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

10:20 / 09.08.2022
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida investitsiya bo‘yicha hukumatlararo bitim kuchga kiradi

07:42 / 20.05.2022
O‘zbekiston va Belarus investitsiyalar bo‘yicha yangi bitimni tasdiqlaydi

15:37 / 16.02.2022
Minsk mashg‘ulotlardan so‘ng birorta ham rossiyalik harbiy Belarus hududida qolmasligini bildirdi

13:01 / 15.02.2022