Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon XTB: O‘qituvchilar uzr so‘ratilgan yig‘ilishni tuman hokimi o‘ylab topgan
Andijon viloyati XTB boshlig‘i Azizbek Mirkamilov maktablarda o‘qituvchilar uzr so‘ratilgan yig‘ilishni o‘tkazish tashabbusi Marhamat tumani hokimi Bobur Yo‘ldoshevning shaxsan tashabbusi ekanini ma’lum qildi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkamilov Marhamat tumanida bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan munosabat bildirdi.
«Maktab o‘qituvchilari va ota-onalar yig‘ilishi Marhamat tumani hokimidan chiqqan tashabbus bo‘lib barcha maktablarda o‘tkazilishi topshiriq berilgan, tuman hokimining shaxsan mazkur holat bo‘yicha o‘zining munosabat berishini qat’iy talab qilaman», degan u.
U viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan o‘tkazilgan apparat yig‘ilishida birorta umumta’lim maktabi direktorlariga va o‘qituvchilariga intizomiy chora ko‘rish yoki ularni kamsitish mumkin emasligi qat’iy ko‘rsatib o‘tilib, ogohlantirilganini qayd etgan.
«Shuni aytib o‘tish joizki, viloyat hokimi o‘qituvchilarni e’zozlashi va doimiy ustozlarga ko‘mak berishini barcha andijonlik ziyolilar yaxshi biladi.
Bunday yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin emasligi bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri tomonidan tuman hokimining o‘rinbosariga aytilgan va bu tashabbus mudir tomonidan berilmagan. Mazkur holat yuzasidan menga ma’lum bo‘lgach, men viloyat hokimining o‘rinbosariga va tuman hokimiga mazkur mazmundagi yig‘ilishlar viloyat hokimining va ustozlarning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lishini aytganimdan so‘ng yig‘ilishlar o‘tkazilishining oldi olindi.
O‘z vaqtida yuqoridagi holatlarning oldini olmaganim uchun va ustozlarni himoya qilmaganim uchun barchangizdan uzr so‘rayman!», deyiladi viloyat XTB munosabatida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi
O‘zbekiston | 12:33
-
Mers: Germaniya Ukraina uchun AQShdan Patriot tizimlarini sotib olishga tayyor
Jahon | 12:30
-
O‘zbekistonda tez yordamga birorta ham yolg‘on chaqiriq bo‘lmagan hudud aytildi
O‘zbekiston | 12:07
-
Akademik litseylarga kirish uchun 49 mingdan ortiq ariza topshirildi
O‘zbekiston | 11:55
Mavzuga oid

17:14 / 11.06.2025
Imtihon javoblarini 5 ming so‘mdan sotgan maktab o‘qituvchisi ishdan olindi, direktorga esa ta’sir chorasi qo‘llandi

20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi

09:00 / 18.05.2025
“Ijtimoiy tarmoqlar qonuni” va grin-kartadagi liderlik - hafta dayjesti

17:10 / 02.05.2025