Samarqand shahrida «Jiguli» mashinasi yonib ketdi
Yong‘in oqibatida mashinaning oldi, motor va salon qismi qisman yonib zararlangan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 8 fevral kuni soat 11:38 larda Samarqand shahar Ko‘ksaroy maydoni avtoturargohida to‘xtab turgan «Vaz-2106 Jiguli» rusumli mashinada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, soat 11:40 da 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, soat 11:43 da yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida mashinaning oldi, motor va salon qismi qisman yonib zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan va jabrlanmagan.
Mavzuga oid

16:41
Samarqanddan uchgan samolyot dvigatelidagi nosozlik tufayli aeroportga qaytdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025