Tasvirlarda Qo‘yliq mavzesidagi yerusti metro yo‘lining yon qismidagi yangi qurilgan yo‘lda “suzib” ketayotgan avtomobillarni ko‘rish mumkin.
Shuningdek, ta’mirlashi tugatilmagan yerosti yo‘lidan ham yomg‘ir sababli suv toshayotganini ko‘rish mumkin.
Bunday holat respublikada birinchi marta bo‘layotgani yo‘q.
Avvalroq Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasiga 143 milliard so‘m evaziga qurib foydalanishga topshirilgan va hech qancha vaqt o‘tmasdan suv toshishi kuzatilgan edi.
Bundan tashqari kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng Namangan ko‘chalarini suv bosgan edi.