Bloomberg agentligi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani haqida yanglishib xabar berdi
Agentlik rahbariyati ro‘y bergan hodisa sabablarini aniqlamoqda.

Foto: Valeriy Sharifulin/TASS
Bloomberg agentligi juma kuni o‘z veb-saytida «Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi» sarlavhali xabar e’lon qildi, keyin xatoni tan oldi va xabarni olib tashladi.
«Biz turli ssenariylar uchun sarlavhalar tayyorlayapmiz va «Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi» sarlavhasi tasodifan soat 16:00 larda (Toshkent vaqti bilan taxminan yarim tunda) saytimizga joylashtirildi. Biz bu xatodan chuqur afsusdamiz», — deyilgan shanba kuni agentlik saytida e’lon qilingan xabarda.
Ta’kidlanishicha, agentlik rahbariyati hodisa sabablarini aniqlamoqda.
So‘nggi paytlarda g‘arb davlatlarida Rossiyaning Ukraina hududiga bostirib kirishi mumkinligi haqida bayonotlar yangramoqda. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunday ma’lumotni bo‘sh va keskinlikning asossiz kuchaytirilishi deb atadi hamda Ukraina janubi-sharqidagi inqirozni kuch bilan hal qilishga urinishlar eng jiddiy oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirdi.
Mavzuga oid

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshgani ma’lum bo‘ldi

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025