Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha davlat organlari konsert va teatrlarga biletlarni xarid qilish amaliyotini joriy etadi

Foto: simurgtravel.com
Prezident “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Barcha davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining madaniy-estetik hordiq chiqarishi uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish, konsert, sirk va teatrlarga kirish uchun bilet va abonementlarni xarid qilish amaliyotini joriy etadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, xo‘jalik jamiyatlari muassisi bo‘lgan boshqa davlat organlari bir oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat korxonalarining boshqaruv organlari yig‘ilishlarida ushbu tashkilotlar buyurtmasi asosida xodimlar va ularning oila a’zolari uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini o‘tkazish vazifasini biznes-rejaga kiritish bo‘yicha tashabbus bilan chiqadi.
Madaniyat vazirligi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda har oyning 25-sanasiga qadar barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari, muassasalari, korxonalari va xo‘jalik jamiyatlariga ular joylashgan hududda kelgusi oyda tashkil etiladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari haqida ma’lumot berib boradi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Speedtest internet tezligini tekshirish servisi bloklandi
Jahon | 08:57
-
O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Rossiya rasmiylari SSSRdagi kabi oziq-ovqat narxini qat’iy belgilab qo‘ymoqchi
Jahon | 08:21
-
O‘zbekiston universitetlari saudiyalik yoshlar uchun grantlar ajratishi mumkin
O‘zbekiston | 08:20
Mavzuga oid

11:57 / 30.07.2025
O‘zbekiston davlat akademik katta teatriga yangi direktor tayinlandi

16:02 / 11.05.2025
AQShda Metallica konserti kuchsiz zilzilaga sabab bo‘ldi

19:25 / 20.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev

20:29 / 06.04.2025