Samarqandga uchayotgan samolyot Qozog‘istonga favqulodda qo‘ndi
Sankt-Peterburg - Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha AFL-2870 reysini amalga oshirayotgan «Aeroflot» aviakompaniyasining layneri Qozog‘istonda favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bortida 56 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 10:56 da Qizilo‘rda aeroportiga qo‘ndi.
Qo‘nish yurak xastaligi tufayli tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan yo‘lovchi, O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatish sababli amalga oshirilgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.
Samolyot aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da Samarqand aeroportiga 55 yo‘lovchisi bo‘lgan «Aeroflot» samolyoti qo‘ndi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

22:01 / 05.03.2025
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston elchisi bilan strategik sheriklik masalalarini muhokama qildi

09:32 / 05.03.2025