Koronavirus: Kunlik holatlar mingdan kamaydi

O‘zbekiston 10:37 / 03.02.2022 5567

SSV so‘nggi 15 kun ichida O‘zbekistonda ilk bor kunlik kasallanishlar soni 1000 nafardan kamaygani haqida xabar berdi.

«2022 yil 2 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 226036 (+926) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 47 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 28 nafari Andijon viloyatida,
  • 25 nafari Buxoro viloyatida,
  • 27 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 28 nafari Namangan viloyatida,
  • 51 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 46 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 67 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 23 nafari Xorazm viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent viloyatida,
  • 431 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 30 nafar,
  • Navoiy viloyatida 24 nafar,
  • Samarqand viloyatida 66 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 8 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
  • Xorazm viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent viloyatida 19 nafar,
  • Toshkent shahrida 41 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210926 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1575 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 188 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: