Chirchiqda alimentdan qarzdor 7 ta ota 15 sutkaga qamaldi
Qamalgan 7 nafar ota qarzdor farzandi uchun ajratilgan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan. Natijada qarzdorlik ortib borgan. Bu haqda Toshkent viloyati MIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, yanvar oyida bo‘lim davlat ijrochilari o‘z farzandining moddiy ta’minoti uchun sud tomonidan belgilangan miqdorda aliment pullarini to‘lamasdan yurgan 7 nafar qarzdorga nisbatan qonuniy chora ko‘rish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga hujjatlar topshirilgan.
Sud jarayonida aliment pullarini to‘lamasdan yurgan 7 nafar qarzdorlarga nisbatan sud tomonidan xar bir qarzdorga nisbatan 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

22:37 / 10.03.2025
Chirchiqda sobiq texnikum binosi buzilib, o‘rnida Xitoy OTM filiali quriladi

22:35 / 30.01.2025
Chirchiqda yashash xonadonida narkolaboratoriya tashkil etgan shaxs ushlandi

21:11 / 09.01.2025
Chirchiqda 4 yoshli qizining o‘limida gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi

21:28 / 07.01.2025