Zamonaviy o‘yinlar: kim kimdan foydalanyapti?
SUBYEKTIV'ning yangi mavzusi – videoo‘yinlar. Film kompyuterda o‘yin o‘ynashning zararlari haqida emas. Unda asosan kiber-industriyada aylanayotgan milliardlar, g‘irromliklar va odam nega o‘zini o‘yindan to‘xtata olmasligi haqida gaplashamiz.
2005 yilda xitoylik Slowly laqabli geymer qiz uch kun ketma-ket uxlamasdan, World of Warcrafs o‘yinini o‘ynab, charchash oqibatida vafot etgan. Hatto uning dafn marosimi o‘yin ichida, virtual tarzda o‘tkazilgan va unda yuzga yaqin geymer qatnashgan.
Ishonish juda ham qiyin, lekin bu voqea haqiqatan ro‘y bergan va Ginnesning “Rekordlar” kitobiga kiritilgan.
SUBYEKTIV loyihasining navbatdagi soni insonni shu darajada o‘ziga qaram qilib ola oladigan videoo‘yinlar haqida. Lekin bu mavzudagi odatiy teleko‘rsatuvlardan farqli ravishda, kompyuter o‘yinlarining zararlarini aytib, sizni qo‘rqitish niyatimiz yo‘q. Biz bor-yo‘g‘i o‘yin industriyasi atrofidagi faktlarga e’tiboringizni qaratamiz. Xulosa chiqarish esa har kimning o‘zidan.
Loyihani Like, obuna va izohlar bilan qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz. Aziz muxlislarimizda esa endi bizni moddiy rag‘batlantirish imkoniyati ham bor va bu juda oson: Payme ilovasidan “Subektiv”ni topish orqali yoki ushbu havola yordamida to‘lov tizimi saytidan donat qilishingiz mumkin.
- Reklama bo‘yicha savol va takliflar +998712004454 telefon raqami orqali qabul qilinadi.
Mavzuga oid

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

16:42 / 23.02.2025
Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV

15:40 / 18.02.2025
30 yoshdan oshmagan shaxslar uchun 100 mingta qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi

14:35 / 18.02.2025