Toshkent viloyatida Damas va Isuzu to‘qnashdi

Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar bozori oldida Damas va Isuzu rusumli transportlar ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 28 yanvar kuni soat 05:00 larda, haydovchi A.A. o‘z boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusda Yangiyo‘l shahar Samarqand ko‘chasida bo‘ylab harakatlanib, ortga qayrilib olayotgan vaqtida N.T. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobil bilan to‘qnashuvi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida, Damas avtomobili haydovchisi tan jarohatlari bilan Yangiyo‘l shahar tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan bo‘lib, yo‘lovchisi X.U.ga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

16:25 / 20.03.2025
Milliy tibbiyot markazida komadagi bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi

20:30 / 18.03.2025
Toshkent viloyatida 29 ta kichik va mikro GES quriladi

09:13 / 17.03.2025