Olimpiada arafasida Pekinda koronavirus tarqalishi avj olmoqda

Sport 11:59 / 31.01.2022 12096

Pekin so‘nggi 18 oylikda kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etilgani haqida xabar berdi - bu Xitoy poytaxtida qishki Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga besh kun vaqt qolganida ro‘y berdi.

BBC News xabariga ko‘ra, poytaxtda bir kunda yana 20 holat qayd etilgach, rasmiylar shaharning ayrim tumanlari to‘la lokdaunga kirishini e’lon qilgan. Poytaxt aholisi to‘liq test qilinadi.

Avvalroq Olimpiya o‘yinlari tashkilotchilari Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilar, turnir o‘tkazilishiga aloqador kishilar va xodimlar orasida 36ta yangi kasallanish holati haqida xabar bergandi. Shundan 19 kishi sportchi yoki jamoalarning vakillaridir. Tashkiliy qo‘mita xabariga ko‘ra, bu shaxslar juma kuni o‘z delegatsiyalari bilan Pekin aeroportiga kelib test topshirganida musbat natijalar qayd etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: