Koronavirus: Kunlik holatlar kamaymoqda

Jamiyat 10:44 / 31.01.2022 9481

«2022 yil 30 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 223008 (+1089) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Kunlik holatlar ketma-ket to‘rtinchi kun kamaydi - 27 yanvar kuni 1186ta, 28 yanvar kuni 1152ta, 29 yanvar kuni 1104ta yangi holat aniqlangandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 53 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 30 nafari Andijon viloyatida,
  • 38 nafari Buxoro viloyatida,
  • 29 nafari Jizzax viloyatida,
  • 32 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 19 nafari Navoiy viloyatida,
  • 27 nafari Namangan viloyatida,
  • 62 nafari Samarqand viloyatida,
  • 20 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 49 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 109 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 33 nafari Xorazm viloyatida,
  • 116 nafari Toshkent viloyatida,
  • 472 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 34 nafar,
  • Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
  • Navoiy viloyatida 12 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Surxondaryo  viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent shahrida 52 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210167 (+145) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1564 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 203 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: