Rossiyada bir kunda 120 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi - bu mutlaq rekord

Jahon 17:19 / 30.01.2022 5050

Rossiyada so‘nggi bir kun davomida 121 228 kishida koronavirus tasdiqlandi. Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha federal tezkor shtab ma’lumotiga ko‘ra, bu pandemiya boshidan buyon kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha maksimal ko‘rsatkich qayd etildi.

29 yanvar kuni 9,8 ming kishi koronavirus bilan kasalxonaga yotqizilgan (bu bir kun oldingidan 32 foizga kamroq), 617 nafar bemor vafot etgan (bir kun oldin 668 o‘lim qayd etilgandi). Eng ko‘p kasallanish holatlari Moskva (+24 030), Sankt-Peterburg (+17 833) va Moskva oblastida (+11 434) qayd etilgan.

Operativ shtab ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi 24 soat ichida 28 944 kishi kasallikdan sog‘aygan, pandemiya boshidan buyon — 10 218 151 kishi.

Pandemiya boshidan beri shtab ushbu kasallikka chalinish bo‘yicha 117 milliondan ortiq holatni ro‘yxatga olgan, jami 330 mingdan ortiq kishi infeksiya qurboni bo‘lgan.

Rossiyada koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 21 yanvardan buyon tinimsiz rekord o‘rnatmoqda. 29 yanvar kuni mamlakatda 113 122 kishida koronavirus aniqlangani xabar qilingandi - kunlik holatlar ilk bor 100 mingdan oshgandi.

Ko‘proq yangiliklar: