O‘zbekiston | 08:06 / 28.01.2022
5824
2 daqiqa o‘qiladi

Yurak-qon tomir kasalliklari mavjud ehtiyojmand fuqarolar zarur dorilar bilan bepul ta’minlanadi

Foto: Pixabay

“Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda asosiy yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, ehtiyojmand aholi qatlamlari zarur dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

2022 yildan boshlab:

  • yiliga bir marta 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan aholining salomatlik profili (ovqatlanish xarakteri, tamakiga qaramlik, tana vazni indeksi, arterial bosim, qondagi qand va xolesterin darajasi va boshqalar) baholanadi;
  • 40 yoshdan oshganlar yiliga kamida bir marta skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi;
  • yurak-qon tomir kasalliklari aniqlanganlarning yagona elektron reyestri yuritiladi va reyestrdagi 200 mingdan ziyod aholiga enalapril (Enalapril) dori vositasi bepul beriladi;
  • ehtiyojga ko‘ra tuman (shahar) shifoxonalari koagulometr uskunasi va zarur reaktivlar bilan ta’minlanadi.

2023 yil 1 yanvargacha yurak-qon tomir kasalliklari xavf stratifikatsiyasini baholash uchun mobil ilova yaratiladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallarida kardiologiya yo‘nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshiriladi.

Mavzuga oid