Shavkat Mirziyoyev: «Maktab ta’limini rivojlantirmasak, yoshlarimiz sharoit bor joylarga ketadi»

O‘zbekiston 21:39 / 28.01.2022 16187

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakat kelajagi, barcha sohalar va loyihalar muvaffaqiyati bilimli insonlarga bog‘liq ekani ta’kidlandi. 

«Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilm ham kelajakda rivojlanadi.

Hozir shu masalani qilmasak, nafaqat kechirmaydi, yoshlarimiz sharoit bor joyga ketadi.

Biz ko‘p vaqt yo‘qotdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. E’tibor bermadik.

Agar kimda-kim maktab bu faqat Xalq ta’limi vazirligining ishi, deb o‘ylasa, bu juda xato fikr va xato yondashuv.

Butun elimiz bilan, butun jamiyatimiz bilan Xalq ta’limi vazirligiga e’tibor bermasak, qo‘ygan natijalarimiz bo‘lmaydi. 

Bir kun emas, bir soat ham kechiksak, iqtisodiyotimizga, ertangi kunimizga, yoshlarimizga katta ziyon bo‘ladi», degan prezident.

Ko‘proq yangiliklar: