Kuchli shamol Qashqadaryodagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i ustunini yiqitdi

O‘zbekiston 21:56 / 28.01.2022 9648

Kuchli shamol Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i ustunini yiqitgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bugun 2022 yil 28 yanvar kuni Qashqadaryo viloyatida esgan kuchli shamol elektr uzatish tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazgan. Jumladan, yuqori kuchlanishli 110 kVli elektr uzatish tarmog‘i ustunini yiqitgan.

Qayd etilishicha, hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq bugun Qashqadaryo viloyatida esgan kuchli shamol elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazmasligi uchun ular tarmoqdan uzib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Bundan tashqari kuchli shamol Qarshi shahridagi bozorning tomini uchirgani ma’lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: