Putin uchun yopilgan qabriston, Yaqin Sharqdagi qor va Ukrainaga kelgan yordam. Kun suratlari

Jahon 22:44 / 27.01.2022 90795

27 yanvar kuni, Leningrad qamali tugashining 78 yilligi munosabati bilan RF prezidenti Vladimir Putin Peterburgdagi Piskaryovo memorial qabristoniga keldi.

Bu yerda u «Mat-Rodina» monumentiga gulchambar, shuningdek birodarlik qabristoniga gullar qo‘ydi, bu yerda uning qamal vaqtida chaqaloqligida vafot etgan katta akasi ham dafn etilgan. Qabristonga prezident kelgan vaqtda qolganlar uchun yopib qo‘yildi. Masalan, fashistlar qamalini boshdan kechirgan 89 yoshli ayol ham qabristonga kiritilmagan.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov aslida qabriston yopib qo‘yilmaganini aytdi. «Faqat Putin gullar qo‘yayotganida biroz kutib turish so‘raldi va bu juda qisqa vaqtga bo‘ldi. 10 daqiqadan ortiq vaqt ketmadi. Keyin barcha xotirjamlik bilan davom ettiraverdi», degan u. Ammo yodgorlik majmuasining ma’lumotnomasida qabristonga kirish soat 15:00gacha yopiqligi ko‘rsatilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda Putin ziyorat qilayotgan vaqtda atrofda snayperlar turganini ko‘rish mumkin.

Leningrad qamali yillarida, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 400 mingdan 1,5 milliongacha odam halok bo‘lgan.

Foto: Petr Kovalev/TASS

Turkiyada bir necha kundan beri kuchli qor yog‘ishi davom etmoqda.

Istanbulga kuchli bo‘ron yopirilgan. Foto: Huseyin Ozdemir/dia images via Getty Images
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Istanbul xalqaro aeroporti ham reyslarni amalga oshira olmay qoldi
Kuchli qor vaqtida qushlar makkajo‘xori atrofida to‘planishdi, Istanbul. REUTERS/Umit Bektas

Yaqin Sharqning boshqa hududlarida ham qor.

Suriya shimolidagi qochqinlar lageri

Quddusda qor.

Foto: EPA/Vostock-photo
Afinada yog‘gan kuchli qor xaos yuzaga keltirdi. Foto: Milos Bicanski/Getty Images
Minnesotadagi qorli labirintda sayr qilayotgan odamlar
Yamanda ovqat tayyorlash uchun tabiiy gaz yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Fotoda Sanodagi bozorda sotish uchun olib ketilayotgan o‘tinlarga qarab turgan yamanlik. Foto: EPA/Vostock-photo
Rossiya va Ukraina mojarosi keskinlashgan mahalda Qo‘shma Shtatlar Kiyevga navbatdagi qurollar partiyasini yetkazib berdi. So‘nggi partiyada ukrain armiyasi Javelin rusumli tankka qarshi raketalar bilan ta’minlandi. Foto: Sean Gallup/Getty Images
 Foto: Sean Gallup/Getty Images
Ukrainadagi sanoat korxonalari ishchilari ko‘cha mashg‘ulotlarini kuzatmoqda / REUTERS/Roman Baluk
Rossiyalik harbiylar Rostovdagi poligonda o‘tayotgan mashg‘ulot chog‘ida zambarakdan o‘t ochmoqda. REUTERS/Sergey Pivovarov
Respublika kuni munosabati bilan o‘tkazilgan paradda qatnashayotgan hind askarlari. REUTERS/Adnan Abidi
Pokistonning Karachi shahridagi uysiz odam sovuqdan saqlanish uchun yo‘l o‘rtasiga o‘tirib olgan. REUTERS/Akhtar Soomro
Malavilik ayol tropik bo‘rondan keyin vayron bo‘lgan uyini ko‘zdan kechirmoqda. REUTERS/Eldson Chagara
Bangladesh poytaxti Dakka shahrida ifloslangan hudud o‘rtasidagi ko‘prik bo‘ylab ketayotgan odamlar. REUTERS/Mohammad Ponir Hossain

 

Ko‘proq yangiliklar: