O‘zbekistonda ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 238 kishi halok bo‘lgan
2021 yilda o‘tkazilgan tekshirishlar davomida 19 967 ta mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi aniqlangan. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati rahbari Mavjuda Mirzayeva ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock
Qayd etilishicha, 2020 yilda bunday holatlar 11 621 tani tashkil etgan. 2021 yilda 1970 nafar aybdor shaxsga jami 3,3 mlrd so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq 810 ta, bulardan 54 ta guruhiy baxsiz hodisalar, 558 tasi oqibati og‘ir baxsiz hodisalar va 198 tasi oqibati o‘lim bilan tugagan baxsiz hodisalardir.
Ishlab chiqarishdagi baxsiz hodisalar natijasida 907 kishi jarohatlangan, ulardan 238 nafari halok bo‘lgan, 632 nafari og‘ir tan jarohatini olgan va 37 nafari yengil turdagi jarohatlar olgan bo‘lib, baxsiz hodisalarni tekshirish natijalari bo‘yicha 596 nafar aybdor mansabdor shaxslar jami 1,3 mlrd so‘m jarima qo‘llash tartibi bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortilgan va 199 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
2021 yil davomida korxona va tashkilotlarning 6 573 nafar xodimi mehnatni muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirishdan o‘tkazilgan.
Mavzuga oid

09:25 / 27.01.2025
O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozoriga moslashtirilgan o‘quv markazlari tashkil etiladi

13:33 / 15.01.2025
Elektron mehnat shartnomalarini tuzish tartibi tasdiqlandi

14:10 / 02.10.2024
Mehnat organlariga murojaat qilganlardan ortiqcha hujjatlar talab etilishi oldi olinadi

08:44 / 28.05.2024