O‘zbekistonda kunlik holatlar 1500ga yaqinlashdi

O‘zbekiston 10:10 / 23.01.2022 16679

«2022 yil 22 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 213767 (+1478) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda ketma-ket beshinchi kun kunlik o‘sish bo‘yicha rekordlar yangilanmoqda, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich bir kun oldin qayd etilgan, kunlik holatlar 1390tani tashkil etgandi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 59 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 61 nafari Andijon viloyatida,
  • 64 nafari Buxoro viloyatida,
  • 49 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 55 nafari Namangan viloyatida,
  • 37 nafari Samarqand viloyatida,
  • 21 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 73 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 182 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 38 nafari Xorazm viloyatida,
  • 192 nafari Toshkent viloyatida,
  • 598 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 75 nafar,
  • Buxoro viloyatida 22 nafar,
  • Jizzax viloyatida 85 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 53 nafar, 
  • Navoiy viloyatida 29 nafar,
  • Namangan viloyatida 47 nafar,
  • Samarqand viloyatida 78 nafar, 
  • Sirdaryo viloyatida 57 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 58 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 173 nafar, 
  • Xorazm viloyatida 81 nafar,
  • Toshkent viloyatida 116 nafar,
  • Toshkent shahrida 252 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 203275 (+1126) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlardan yana 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1540 nafarni tashkil qildi.

 Qolaversa, kecha 296 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Ko‘proq yangiliklar: