Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shukrullo Boboyev tuman hokimligidan ketdi
Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Asilbek Ashurov Paxtakor tumani hokimi v.b etib tayinlandi.
Bugun, 19 yanvar kuni Paxtakor tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz uchinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiyada viloyat hokimi Ergash Soliyev, tuman deputatlari, tuman hokimi yordamchilari, boshqarma va tashkilot rahbarlari, ommaviy axborot vositasi vakillari hamda blogerlar ishtirok etishdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tashkiliy masalada viloyat hokimi Ergash Soliyev Paxtakor tumani hokimi (v.b.) lavozimiga Ashurov Asilbek Rahmonovich nomzodini tavsiya qildi.

Deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullashdi. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Asilbek Ashurov Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgandi.
Paxtakor tumaniga shu vaqtgacha Shukrullo Boboyev hokimlik qilayotgandi. 2016-2017 yillarda Toshkent viloyatiga rahbarlik qilgan Boboyev 2017 yilgi paxta mavsumida hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sabab ishdan olingan, 2018 yil aprelida esa Paxtakor tumaniga hokimlikka tayinlangandi.

Uning hokimlikdan ketishi sababi va keyingi faoliyati haqida ma’lumot berilmagan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi
Jahon | 18:13
-
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tuzildi – asosiy ma’lumotlar
Iqtisodiyot | 18:04
-
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025