4ta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

O‘zbekiston 16:31 / 19.01.2022 6976

4ta viloyatda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish bo‘yicha prezident qarorlari imzolandi. Ushbu qarorlarga asosan, 2023 yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1 096,6 MVt bo‘lgan 4ta quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushiriladi. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, 2023 yil oktabr oyiga qadar Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani va Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida har birining quvvati 220 MVt bo‘lgan 2ta, 2023 yilning dekabr oyiga qadar Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Har uchala loyihani BAAning “Masdar” kompaniyasi amalga oshiradi.

Shuningdek, 2023 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy viloyatining Nurota tumanida Niderlandiyaning “Phanes Energy Holding III B.V.” kompaniyasi tomonidan quvvati 200 MVt bo‘lgan yana bitta quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilishi nazarda tutilmoqda.

Avvalroq, 2022 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpog‘istonda 1 700 MVt lik shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha bitimlari imzolanishi malum qilingandi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilning avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikadagi birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: