Surxondaryo, Namangan va Andijonda fuqarolarni ishga kiritishni va xorijga ishga yuborishni aytib firibgarlik qilgan shaxslar ushlandi

O‘zbekiston 11:33 / 18.01.2022 1727

Termiz shahrida fuqaroni ishga kiritib qo‘yishini, Namangan va Andijonda fuqarolarni ishga kiritishni va xorij davlatlariga ishga yuborishini aytib firibgarlik qilgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Termiz qo‘riqlash otryadi muhandisi S.D., fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni qo‘riqlash otryadiga ishga kiritib qo‘yish evaziga olgan 2 300 AQSh dollaridan 1 300 AQSh dollarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, departament, DXX va IIVning Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.K. boshqa bir fuqaro Yu.ni 4 500 AQSh dollari evaziga Koreyaga ishga jo‘natishga kelishib, oldindan 2 000 AQSh dollari va 10,9 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.N. fuqaro A.ni 2 000 AQSh dollari evaziga Latviyaga ishga yuborishga ishontirib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tekshiruvda M.N. boshqa bir fuqaro A.A.ni ham Serbiya davlatiga ishga yuborish evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: