Qashqadaryoda kadastr idorasi mansabdorining harakati sud tomonidan g‘ayriqonuniy deb topildi

O‘zbekiston 11:21 / 18.01.2022 1132

Xabarda bildirilishicha, Biznes ombudsman devonida G‘uzor tumanida faoliyat yurituvchi “Kelajak” xususiy korxonasining (tadbirkorning nomi o‘zgartirilgan) ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi murojaati o‘rganib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, xususiy korxona “Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasining 2019 yil 24 maydagi OA 0401-000011-son bayonnomasiga asosan G‘uzor tumani, “Buyuk karvon yo‘li” MFY hududida joylashgan umumiy maydoni 3.37 gektar savdo majmuasi hamda unga tegishli bino va inshootlarni 2 milliard 775 million 572 ming so‘mga auksion savdosidan sotib olgan.

Korxona mazkur ko‘chmas mulkka kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun 2021 yil 6 sentyabrda tuman davlat xizmatlari markazi orqali 36079405-son ariza bilan murojaat qilgan.

Ariza Davlat kadastrlari palatasi G‘uzor tuman filiali tomonidan 2021 yil 9 sentyabrda o‘lchov ishlarini olib borish uchun sharoit yaratilmagani, huquqiy hujjatlar to‘liq emasligi, qo‘shimcha qurilishga rekonstruksiya mavjud emasligi ta’kidlanib, asossiz rad qilingan.

Ushbu holat yuzasidan xususiy korxona manfaatida mansabdor shaxsning xatti-harakati yuzasidan ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilingan.

Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining 2021 yil 22 dekabrdagi hal qiluv qarori bilan ariza qanoatlantirilib, kadastr idorasining ko‘chmas mulkka nisbatan kadastr pasportini rasmiylashtirishni rad qilish bilan bog‘liq xatti-harakati g‘ayriqonuniy deb topilgan.

Shuningdek, kadastr idorasiga auksion savdosi orqali sotib olgan ko‘chmas mulkni xususiy korxonaga rasmiylashtirib berish majburiyati yuklangan.

Ko‘proq yangiliklar: