Koronavirus: Kunlik o‘sish biroz pasaydi, Toshkentdagi holatlar yuqoriligicha qolmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda kunlik kasallanish holatlari biroz pasayganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
«2022 yil 17 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 207057 (+935) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bu bir kun oldingi holatlardan 102taga kam - 17 yanvar kuni SSV O‘zbekistonda pandemiyadagi rekord qayd etilib, 1037ta yangi kasallanish holati haqida xabar bergandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 30 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 23 nafari Andijon viloyatida,
- 28 nafari Buxoro viloyatida,
- 32 nafari Jizzax viloyatida,
- 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 9 nafari Navoiy viloyatida,
- 39 nafari Namangan viloyatida,
- 57 nafari Samarqand viloyatida,
- 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 16 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 26 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 33 nafari Xorazm viloyatida,
- 134 nafari Toshkent viloyatida,
- 466 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38 nafar,
- Andijon viloyatida 36 nafar,
- Buxoro viloyatida 10 nafar,
- Jizzax viloyatida 29 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 13 nafar,
- Navoiy viloyatida 4 nafar,
- Namangan viloyatida 27 nafar,
- Samarqand viloyatida 52 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 21 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 11 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 39 nafar,
- Xorazm viloyatida 20 nafar,
- Toshkent viloyatida 182 nafar,
- Toshkent shahrida 197 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199872 (+679) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarning 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qildi.
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022