Buxoroda 250 mln so‘m evaziga yer olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

O‘zbekiston 11:17 / 18.01.2022 859

Kogon shahrida fuqaroga savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun yer maydoni olib berishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.  

Ma’lum qilinishicha, departamentning Kogon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.M. o‘zga bir fuqaro D.ning ishonchiga kirib, savdo va maishiy xizmat uyi qurish uchun elektron savdo maydonchasi orqali bo‘sh yer maydonini olib berish uchun uning 250 mln so‘m pulini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq G‘ijduvon tumanida sug‘oriladigan yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: