Akademik Baxtiyor Nazarov vafot etdi

O‘zbekiston 11:24 / 18.01.2022 13599

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, o‘zbek adabiyotshunosligidagi yirik olim Baxtiyor Nazarov 2022 yil 18 yanvarda 77 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Nazarov 1945 yil Toshkentda tug‘ilgan, 1966 yilda ToshDUni tugatgan. U O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, ilmiy kotib (1969-72; 1979-83), direktor (1986—90), bo‘lim mudiri (1996 yildan), O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bosh ilmiy kotibi o‘rinbosari (1973— 79), vitse-prezident vazifasini bajaruvchi (1999—2000) bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi (1990—92), oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari (1992—94), «O‘zbek tili va adabiyoti» jurnalining bosh muharriri (1986-94) bo‘lgan.

Baxtiyor Nazarovning ilmiy ishlari 20-asr o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti, tanqidchilik va adabiyotshunoslik metodologiyasi muammolari, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqa masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotlarida Fitrat, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Abdulla Oripov mahorati o‘rganilgan. Oybekning 20 jildli Mukammal asarlar to‘plamini nashrga tayyorlashda qatnashgan.

Yangi tipdagi darsliklar (o‘rta maktabning 9-, 11-sinflari uchun «O‘zbek adabiyoti», oliy maktab uchun «XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi»)ning mualliflaridan biri.

Ko‘proq yangiliklar: