Toshkentda boshqa avtomobilning davlat raqamini taqib yurgan haydovchi aniqlandi

O‘zbekiston 08:49 / 16.01.2022 9224

Toshkent shahri Chilonzor tumanida boshqa mashinaga tegishli davlat raqamidan foydalangan Nexia haydovchisi aniqlandi.

IIV axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, 2022 yil 12 yanvar kuni soat 14:00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida 20 V 417 CA davlat raqam belgili Nexia haydovchisi to‘xtatilib, tekshirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu davlat raqam belgisi aslida «VAZ-2106» avtomobiliga tegishli ekani, Nexia’ga tegishli bo‘lgan 20 Y 239 DA davlat raqam belgisi esa avtomobilning yukxonasida turgani ma’lum bo‘lgan.

Haydovchi I.O‘.ga (1994 yilda tug‘ilgan) nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi (transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish) tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: