Veterinariya tadbirlari uchun qo‘llanadigan mikroorganizmlar va virus shtammlarini saqlash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston 07:48 / 15.01.2022 1993

“Veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va o‘simliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartish kiritish bo‘yicha hujjat loyihasi e’lon qilindi.

Bildirilishicha, O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi markaziy rejim komissiyasining ruxsati asosida mikroorganizmlar shtammlarini va zaharlarni saqlaydi, ishlatadi, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga beradi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi markaziy rejim komissiyasining ruxsati asosida I va II guruhga kiruvchi zooantroponoz mikroorganizmlar shtammlarini saqlaydi, ishlatadi, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga beradi.

Shuningdek, tashkilotlar tomonidan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berishda mualliflik huquqlarining talab va shartlariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish nizomning 4-1-bandiga muvofiq tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bosilgan rasmiy talabnoma va ishonchnoma mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.

Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni yo‘q qilish O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi markaziy rejim komissiyasi ruxsatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda tashkilot tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya a’zoligiga O‘zbekiston Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining vakili majburiy tartibda kiritiladi.

Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni komissiya a’zolari to‘liq ishtirok etgan holda yo‘q qilinadi va yo‘q qilingan Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar bo‘yicha dalolatnoma tuziladi. Ushbu dalolatnomani komissiya a’zolari imzolaydi va tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Qayd etilishicha, o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan kelishilgan.

Ko‘proq yangiliklar: