Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi

Jahon 21:10 / 15.01.2022 37157

"Bugungi kun holatiga 4578 nafar inson jabrlangani aniqlangan, ulardan 4353 nafari jarohatlangan, jumladan, 3393 nafar kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari. Favqulodda holat davrida morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan", - dedi Shalabayev.

Uning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlarning 19 nafari politsiya xodimlari va harbiylardir.

Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan 446 kishi qo‘lga olingan.

Shalabayevning ma’lumot berishicha, tergov-operativ guruhi tomonidan 546ta jinoyat ishi o‘rganilmoqda, xususan, ularning 44tasi terrorizm, 34tasi ommaviy tartibsizliklar, 15tasi qotillik ishlariga aloqador.

Ko‘proq yangiliklar: