Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan barcha yerlarni kuzatib boruvchi tizim ishga tushiriladi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi.
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda:
- 2022 yil 1 martga qadar barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari hamda foydalanishdan chiqqan yer uchastkalari to‘g‘risidagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni milliy geografik axborot tizimiga kiritish ishlarini yakunlaydi;
- fermer va dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun elektron tanlovga qo‘yiladigan bo‘sh turgan yer uchastkalarining konturlar kesimida ro‘yxatini shakllantirishni ta’minlaydi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
- 2022 yil yakuniga qadar barcha qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish holatini kuzatib borish maqsadida onlayn-monitoring tizimini ishga tushirish;
- mazkur tizimda har bir hudud va sub’yektlar kesimida yerlarning normativ qiymatini hisoblash va Davlat soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasi bilan integratsiyalashuvini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda:
- 2022 yil 1 martdan boshlab fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga ajratiladigan va suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirishda muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlanganiga e’tibor qaratadi;
- har bir yer uchastkasini elektron tanlov orqali ajratishdan oldin zarur infratuzilma obektlari hamda suv va elektr energiyasini hisoblash uskunalari hamda tashqi infratuzilmalar (jumladan, transformator, simyog‘ochlar) o‘rnatilishini ta’minlaydi;
- 2022 yil 1 martgacha fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari uchun ekin turidan kelib chiqqan holda suv iste’moli uchun haq to‘lash tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etadi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

13:27 / 10.07.2025
Toshkent viloyatida 420 ming dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

07:55 / 10.07.2025
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun imtiyozli mablag‘ ajratiladi

10:27 / 09.07.2025
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi

12:36 / 08.07.2025