Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektron onlayn-auksionlar bo‘yicha yangi normalar joriy etildi

Foto: Shutterstock
Vazirlar Mahkamasining “Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat prezidentning "Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni va "Elektron onlayn-auksionni o‘tkazish tartibini soddalashtirish, uning shaffofligini oshirish hamda ishtirokchilar huquqlarining ishonchli himoyasini kafolatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq qabul qilindi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi: "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom; "E-auksion" elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ro‘yxati.
Nizom Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK tomonidan "E-auksion" elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Unda quyidagi normalar mavjud: elektron-auksion va tanlovni o‘tkazilmagan deb hisoblash va ularni takroriy o‘tkazish tartibi; hisob-kitob qilish va auksion hamda tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi; ijro hujjatlari bo‘yicha obektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va sotishning o‘ziga xos xususiyatlari; yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdo platformasida sotishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Ro‘yxatga 13 ta davlat hokimiyati organi kiritilgan. Ro‘yxatga izohda quyidagilar nazarda tutilgan: vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar tizimga elektron hukumatning idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali belgilangan tartibda ulanadi; tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashish xizmatlari bepul amalga oshiriladi; "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK tomonidan zaruratga qarab boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuv asosida "E-auksion" elektron savdo platformasiga integratsiya qilinishi mumkin.
Qaror bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.01.2022 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida
O‘zbekiston | 15:24
-
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Jahon | 15:24
-
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
Jamiyat | 14:47
-
Erta nikoh uchun javobgarlik kuchaytiriladi
O‘zbekiston | 14:37
Mavzuga oid

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025