Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda keyingi haftagacha yomg‘irli beqaror ob-havo saqlanib turadi
«O‘zgidromet» 15-18 yanvar kunlari respublika hududlarida beqaror ob-havo bo‘lishi, ayrim viloyatlarda kuchli shamollar esishi, qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirish berdi.

Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekistonda beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – respublika hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yakshanba kuni ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.
Ushbu kunlarda havo harorati biroz pasayadi, yakshanba kuni 9-14 daraja iliqqacha pasayadi.
15–16 yanvar kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Yomg‘irli beqaror ob-havo keyingi haftaning boshida ham saqlanib turadi. Havo haroratining pasayishi davom etadi va qish o‘rtasi uchun kuzatilgan me’yor 5-8 daraja iliq, shimolda 3-8 daraja iliq qiymatlarga yetadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

15:38 / 14.07.2025
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda

16:38 / 11.07.2025
Hafta oxirida harorat biroz ko‘tarilishi kutilmoqda

13:18 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi

15:03 / 07.07.2025