Lavrov Qozog‘istonning Ittifoq davlatiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi savolga javob berdi

Jahon 17:21 / 14.01.2022 26512

Rossiya Qozog‘istonni Ittifoq davlatiga qo‘shilishga chaqirmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

«Bizdagi protseduraga ko‘ra, kimdir murojaat qilsa, bu murojaatni albatta ko‘rib chiqamiz va konstruktiv shaklda ko‘ramiz», — dedi Lavrov Qozog‘istonning Ittifoq davlatiga qo‘shilishi ehtimoli to‘g‘risidagi savolga javoban.

Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga qo‘shilishga chaqirish g‘arbliklarga xos.

«Ular hozir hammani NATOga qo‘shilishga chaqirmoqda. Bu bizning uslub emas», — deb ta’kidladi u.

Rossiya va Belarus 1999 yil dekabrda Ittifoq davlatini tuzish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan. Unga ko‘ra, ikki mamlakat bosqichma-bosqich tarzda yagona siyosiy, iqtisodiy, harbiy, bojxona, valuta, yuridik, gumanitar, bozor va madaniy makonni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: