Jizzaxda veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht to‘xtatib qolindi

Foto: IIB axborot xizmati
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgan go‘sht to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 12 yanvar tunda Jizzax viloyat IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari viloyat Veterinariya xodimlari bilan hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida G‘allaorol tumanida joylashgan “Sangzor-15” YPX blok-postida reyd tadbirlarini o‘tkazgan.
Reyd davomida 1977 yilda tug‘ilgan X.R. boshqaruvidagi Nexia mashinasi to‘xtatib tekshirilganda uning yukxonasida 203 kilogramm go‘sht veterinariya-sanitariya qoidalariga zid ravishda olib ketilayotgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, ushbu go‘sht mahsuloti iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish maqsadida muzxonaga joylashtirilib, belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilgan. Hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi

08:08 / 13.07.2024
“150 bola ovqatiga 300 gramm go‘sht” – Peshku hokimi bog‘chadagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rdi

10:16 / 12.05.2024