Armaniston Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi va chegaralar ochilishini kutayotganini bildirdi

Jahon 19:04 / 13.01.2022 6007

Armaniston va Turkiya maxsus vakillari ishtirokidagi muloqot natijasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi va chegaralar ochilishi kutilmoqda. Bu haqda Armaniston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Vaan Unanyan ma’lum qildi.

"Jarayon natijasida Armaniston va Turkiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilishi, 90-yillarda Turkiya tomonidan bir tomonlama tartibda yopib qo‘yilgan chegaralar ochilishini kutmoqdamiz", - dedi u.

Unanyan Armaniston va Turkiya maxsus vakillarining muloqot o‘rnatish bo‘yicha 14 yanvar kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan birinchi uchrashuvi tanishuv tusida bo‘lishini aytdi.

"Armaniston va Turkiya maxsus vakillari uchrashuvi mazmuniga ko‘ra tanishuv tusida bo‘ladi. Birgina uchrashuv natijasida sezilarli natijalarga erishilishini kutmaslik kerak, ammo bu jarayonga start beriladi", - dedi Armaniston tashqi ishlar vazirligi vakili.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Turkiya va Armaniston charter reyslarini tiklashini ma’lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: