«IFTIXOR» – «O‘zavtosanoat» o‘zining asosiy qadriyati – xodimlari haqida samimiy hikoyalar jamlangan video taqdim etdi

O‘zbekiston 12:00 / 12.01.2022 5760

Har qanday ishlab chiqarish korxonasi kabi, «O‘zavtosanoat» AJ ham o‘z jamoasini oldinga qo‘yilgan maqsadlarga erishishdagi eng muhim omil hisoblaydi.

«O‘zavtosanoat» AJ tarkibiga 80 dan ziyod korxona kiradi, ularning eng yiriklari «UzAuto Motors» AJ, “SamAuto” MChJ, “Uz Truck and Bus Motors” QK MChJ, “UzAuto Trailer” MChJ hamda “UzAuto Motors Powertrain” ishlab chiqarish korxonalaridir.

Tarmoq ishlab chiqarish jarayonlarida 27 ming nafar kishidan iborat jamoa ishtirok etadi.

Ular mehnati sharofati bilan:

  • Zavodlar ishlab chiqarish konveyerlaridan;
  • 3 mln 800 mingdan ziyod 21 rusumdagi avtomobil;
  • 18 600 ga yaqin avtobuslar;
  • 44 800 atrofida yuk mashinalar chiqdi;
  • 1,060 mln ga yaqin yengil avtomobil eksport qilindi.

Har bir yutuq ortida barcha xodimlarning «O‘zavtosanoat» AJ korxonalarida mehnat qilayotgan, ishiga bor qalb qo‘rini bergan va kasbiga mehr qo‘ygan hamda avtomobil ishlab chiqarish haqida tasavvur qilganimizda xayolimizga keladigan robotlarga mutlaqo o‘xshamaydigan insonlarning faoliyati turishi aniq.

«IFTIXOR» – maxsus videorolikda «O‘zavtosanoat» xodimlari haqida samimiy hikoyalar aks etgan.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: