Buxoroda 150 mln dollarlik issiqlik elektr stansiyasi elektr quvvati uzatishni boshladi

O‘zbekiston 10:10 / 12.01.2022 5970

Buxoro viloyatidagi yangi ishga tushirilgan, quvvati 270 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi respublikaning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda. 

Ta’kidlanishicha, Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro tumanida qurilgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi 11 yanvar kuni soat 16:32da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshlagan. Stansiya yiliga 2,2 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu viloyatning 80 foiz iste’molini qoplaydi. Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 260 mln metr³ tabiiy gaz tejaladi hamda buning hisobiga qo‘shimcha 900 mln kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

Umumiy qiymati 150 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur loyiha Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: