Banklarda dollar kursi 10 910 so‘mga yetdi

O‘zbekiston 10:31 / 12.01.2022 6174

Bir qator banklarda dollar olish 10 800 - 10 890 so‘mdan, sotish 10 910 so‘mdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal ko‘rsatkich.

So‘nggi marta banklarda dollar kursi dekabr oyi o‘rtalarida jiddiy ko‘tarilgandi. O‘tgan yilning 14 dekabr kuni 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 880 so‘mni tashkil qildi.

11 yanvar kuni Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga ko‘ra, bir dollar 10 855 so‘m 02 tiyinni tashkil qildi.

Ko‘proq yangiliklar: