2022 yilda 3600 MVt.lik “yashil” energiya stansiyalarini qurish bo‘yicha bitimlar imzolanadi

O‘zbekiston 11:22 / 12.01.2022 3066

2022 yilda Buxoro, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona va boshqa viloyatlarda umumiy quvvati 1 900 MVt bo‘lgan 8 ta quyosh fotoelektr stansiyasi hamda Qoraqalpog‘istonda 1 700 MVt.lik shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha loyiha bitimlari imzolanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalarni qurish borasida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, so‘nggi 3 yilda quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha 10 ta bitim imzolangan.

2021 yil avgust oyida Navoiy viloyatining Karmana tumanida respublikada birinchi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.

Joriy yil 1-choragida Samarqand viloyati Nurobod tumanida 100 MVt quvvatli yirik quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2023 yilda Samarqand, Jizzax, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida umumiy quvvati 1 097 MVt bo‘lgan 4 ta quyosh fotoelektr stansiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro (G‘ijduvon va Peshku) hamda Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 1 600 MVt bo‘lgan 4 shamol elektr stansiyalari “yashil” energiya ishlab chiqarishni boshlaydi.

Ko‘proq yangiliklar: